Kontent qismiga oʻtish

Uyshun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uyshun, usun, uysun — qadimgi turkiy qabilalardan biri. 3 ta uruqqa (oʻchoqli yoki uchoqti, qoʻshtamgʻali va erganakli) boʻlingan. Mil. av. 3-asrga oid Xitoy manbalarida tilga olingan. Bu vaqtda Uyshunlar Xitoyning shimoli-gʻarbida yashashgan. Umumiy soni 63 ming kishi boʻlib, chorvachilik (asosan, yilqichilik) bilan shugʻullangan. Oʻzaro nizolar natijasida Uyshunlarning katta qismi (4 ming uyli Uyshunlar) mil. av. 2-asr oʻrtalarida Yettisuv va Tyanshanga kelib oʻrnashishgan. Turk xoqoshshgiga birlashgan va u yemirilgach, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston yerlaridagi ilk davlatlar tarkibiga qabila birligi sifatida kirgan. 19-asrning oxiri — 20-asrning boshlarida Uyshunlar oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird, noʻgʻay, xalqlarining tarkibida boʻlgan.



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy