Kontent qismiga oʻtish

Suv bugʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suv bugʻi — suvning gazeimon holati. Suvning suyuq holatdan gazeimon holatga oʻtishi natijasida hosil boʻladi. Suv bugʻini: bugʻning muallaq holatdagi suv tomchilari bilan aralashmasidan iborat hoʻl toʻyingan bug; namlik aralashmalaridan tozalangan quruq toʻyingan bugʻ; muayyan bosimdagi toʻyinish temperaturasidan yuqori temperaturaga ega boʻlgan oʻta qizdirilgan bugʻlarga ajratish mumkin. Bir xil bosimdagi toʻyingan bugʻ va oʻta qizdirilgan bugʻlar temperaturalarining farqi oʻta toʻyinganlik darajasi deb ataladi. Toʻyingan va oʻta qizdirilgan Suv bugʻidan, xususan, bugʻ mashinalarida, bugʻ turbinalarida ish jismi, isitish tizimlarida issiklik tashuvchi sifatida foydalaniladi. Kumir, neft, gaz kabi organik yoqilgʻilarning yonishida ajraladigan issiklik, ogʻir elementlar yadrolarining boʻlinishida ajraladigan energiya hamda elektr tokining oʻtishi natijasida vujudga keluvchi issikliklardan foydalanib bugʻ generatorlarida Sb. hosil qilinadi. Zamonaviy katta bugʻ qozonlarining f.i.k. 95 foizgacha yetadi. Odatda, katta masshtabli energetik inshootlarda quyidagi parametrlarga ega boʻlgan Sb. ishlatiladi. Toʻyingan Suv bugʻining fizik xossalari faqat uning temperaturasiga bogʻliq. Toʻyinmagan Suv bugʻining fizik xossalari esa uning temperaturasi va qanday bosim ostida turganligiga bogʻliq. Ideal gaz va bosim nolga intilgan sharoitda Sb. uchun z birga teng. Tra oʻzgarmas boʻlgan sharoitda bosimning 300 atm gacha ortib borishida z ning kamayishi kuzatiladi. Bu kamayish toʻyinish sharoitiga yaqinlashganda juda kuchayib ketadi. Suv bugʻining yopishqokligi, bosim oʻzgarmas boʻlgan sharoitdagi issiklik sigʻimi va issiklik oʻtkazuvchanligi, bosimning kichik qiymatlarida temperatura koʻtarilishi bilan ortib boradi. Ammo temperaturaning katta qiymatlarida bu bogʻlanishlar murakkab harakterga ega boʻladi. Bu maʼlumotlar asosida bosim va temperaturaning juda keng diapazonlarida Suv bugʻining termodinamik xossalari yoritilgan jadvallar tuzilgan.




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy