Kontent qismiga oʻtish

Soliq imtiyozlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Soliq imtiyozlaridavlat tomonidan soliq toʻlovchilarga berilgan yengilliklar; soliqlar miqdorini kamaytirish, soliq toʻlash shartini yengillashtirish yoki soliqdan toʻla ozod qilishdan iborat. Soliq imtiyozlari soliq undiriladigan daromad turlarini qisqartirib, umumiy kamaytirilgan daromaddan soliq olish, soliq olinmaydigan minimal daromadni belgilash, soliq stavkalarini kamaytirish, soliqni toʻlab boʻlish muddatini qulay qilish orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchilarga nisbatan tabaqalashtiriladi, muayyan ijtimoiy yoki iqtisodiy maqsadni koʻzlaydi. Soliq imtiyozlari davlat qoʻlida bozor iqtisodiyotini tartibga solishga xizmat qiladi. Ular orqali iqtisodiy faoliyatning maʼlum bir turlari ragʻbatlantiriladi. Sharoitga qarab Soliq imtiyozlari qayta koʻrib turiladi. Soliq imtiyozlari berishning xilmaxil shakllari jahondagi koʻpgina mamlakatlarning soliq amaliyotida qoʻllanadi. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (1997)da ayrim yuridik shaxslar va faoliyat turlari uchun hamda jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun Soliq imtiyozlari belgilangan.




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy