Kontent qismiga oʻtish

Pripyat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tavsif
Uzunligi
Suv sarfi m³/s
Davlat Belarus va Ukraina
Pripyat


Pripyat (belaruscha: Прыпяць, ukraincha: Прип’ять) — Belarus va Ukrainadagi daryo. Dneprning oʻng irmogʻi (Kiyev suv omboriga quyiladi). Uzunligi 775 km, havzasining maydoni 114,3 ming km². Daryoning koʻp qismi Polesye pasttekisligidan oqib oʻtadi. Dekabrda muzlab, martda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngdan — Stoxod, Stir, Gorin, Ubort, Uj, chapdan — Yaselda, Lan, Sluch, Ptich. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 460 m³/sek. Quyilish jo-yidan 500 km da kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi. Baliq ovlanadi. Pripyat boʻyida Pinsk, Petrikov, Mozir, Narovlya, Chernobil shaharlari joylashgan. Pripyat Dnepr—Bug kanali orqali Bug daryosi bilan va Dnepr — Neman kanali orqali esa (Shchara daryosi orqali) Neman daryosi bilan bogʻlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy