Kontent qismiga oʻtish

Pangolinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pangolinlar, yashcherlar (Pholidota) — yoʻldoshli sut emizuvchilar turkumi. Filogenetik jihatdan qad. hasharotxoʻrlarning bir tarmogʻi. P. ix-tisoslashgan guruh, ayrim anatomik xususiyatlariga koʻra, chala tishlilarga yaqin. Gavdasining uzunligi 30 sm dan 88 sm gacha, dumi 35—80 sm, ogʻirligi 4,5–27 kg. Gavdasi orqa va yon tomondan yirik muguz tangachalar bilan qrplangan. Tumshugʻi uzun konussimon. Oyoqlari 5 barmoqli, tirnoklari kuchli rivojlangan, oʻtkir. Tili chuvalchangsimon (uz. 25 sm gacha), hasharotlarni tutish uchun xizmat qiladi. Asosan, chumoli va termitlarni terib yeydi. Tishlari boʻlmaydi. 1 ta oila, 1 ta urugʻ va 7 ta turi maʼlum. Afrika va Jan.-Sharkiy Osiyoda tarqalgan. Oʻrmon, butazor va savannalarda yashaydi. Yerda va da-raxtlarda kechasi hayot kechiradi, kun-duzi ini va daraxt kovagida yashiri-nib yotadi. Xavf tugʻilganida sharga oʻxshash yumaloq boʻlib oladi. Yilda 1-marta 1 ta, baʼzan 2 ta bola tugʻadi. Goʻshti va hech qanday asossiz shifo-baxsh hisoblanadigan muguz tangachalari uchun ovlanadi. Mahalliy aholi shu tangachalardan qar xil buyumlar yasaydi. Ayrim turlarining soni juda kamayib ketgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy