Kontent qismiga oʻtish

Oxund

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oxund (oxun) (arab. — vaʼzxon, notiq, din targʻibotchisi) — mulla, muallim, ustoz.

Buxoro xonligining (keyinchalik amirligining) oliy taʼlim sohasida oliy daraja. Bu soʻz Abdullaxon II davrida taʼlim sohasidagi rasmiy atamaga aylangan. Oxund dastlab Abdullaxon, soʻngra Koʻkaldosh madrasasida dars bergan. Shoʻrolar inqilobiga qadar faoliyat yuritishgan[1].

Xiva xonligidagi katta madrasalarda oxundlar soni koʻp boʻlgan, jumladan, Olloqulixon madrasasida 7 ta O., 2 ta muazzin, 2 ta farrosh, 1 ta sartarosh va meshkobchi xizmat qilgan. Mudarris va oxundlar oʻzlari taʼlim berayotgan madrasa vaqfidan maosh olib turishgan, madrasada ularga hujra ham ajratgan.

Qoʻqon madrasalari boʻyicha tadqiqot oʻtkazgan I. A. Alimov, „… oxund unvoni madrasada koʻp yillar ishlab, xizmat koʻrsatgan mudarrisga beriladigan unvon. …“ — deb, taʼrif beradi.

Xitoy musulmonlari orasida keng tarqalgan nom. Madrasalarda mudarrislik (oʻqituvchilik) va masjidlarda imomlik qilgan shaxslar hurmat yuzasidan umumlashtirilgan holda oxund deb nomlangan. Qashqar aholisi orasida ham hurmat yuzasidan bir-birining ismiga oxund soʻzini qoʻshib aytish odat boʻlgan. Shu bois qashqarliklarni oxund deb atash oʻzbeklar orasida ham uchrab turadi[2].

  1. Buxoro madrasalari tarixidan / Asrorova L. Q. — Т.:Hilol-Nashr, 2017. — 224 b.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Abdurahmonov A. Ulugʻbek akademiyasi. Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1994 — 26-bet. ISBN 5-89890-078-0. 
  • Alimov I. A. Qoʻqon xonligi madrasa va maktablari tarixi. Toshkent: Fan, 2017 — 302-bet. ISBN 978-9943-19-405-2. 



pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy