Kontent qismiga oʻtish

Kuchar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuchar, Kusan, Kuche, Kuchar qadimiy, tarixiy shahar va viloyat (miloddan avvalgi 2mil. 10-asr). Torim vohasida joylashgan. "Kusan" atamasi mil av. 2-asrda yozilgan Xitoy bitiklarida uchraydi. Unga koʻra, ayni zamonda Kucharda yuksak madaniyatga ega boʻlgan davlat mavjud boʻlgan (qarang Kuchar davlati.). Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Kucharda odam yashayotganiga bir necha ming yillar boʻlgan. Viloyatda joylashgan Chimbogʻ qabristonidagi bir koʻhna qabrdan miloddan avvalgi 1-ming yillikka oid qora va qizil sopol idishlar, temir, mis, yogʻoch va suyaklardan yasalgan buyumlar topilgan. Kucharaholisining katta bir qismi savdo bilan shugʻullangan. Kucharliklar sanʼatda, jumladan, uyin va gazalxonlikda mohir boʻlgan. Yozuv ishlari mahalliy va hind yozuvlarida olib borilgan. Manbalarning guvohligiga koʻra, 2—3-ming yil -muqaddam kuchar atrofida "quyuq va sassiq hidli suyuqlik" oqib turadigan joy boʻlgan. Mahalliy xalq ulardan foydalanishgan. Keyinchalik ushbu buloq boʻlib oqib turadigan sassiq suyuqlik neft ekanligi aniqlangan. Hozir kuchar viloyati Torim vohasidagi yirik zavonaviy neft ishlab chiqarish maskaniga aylangan. Kuchar shahri atrofida bir necha tarixiy yodgorliklar mavjud[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy