Kontent qismiga oʻtish

Kergelen

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kergelen — Hind okeani jan.dagi vulkaniq orollar arxipelagi, Antarktikada. Fransiya mulki. Bitta yirik Kergelen va 300 ga yaqin mayda orollardan iborat. Mayd. 7 ming km2. Bal. 1965 m gacha. Iqlimi subantarktika sovuq iqlim, yillik yogʻin 1000 mm. Kuchli shamol esib turadi. Siyrak oʻt oʻsimliklari oʻsadi. Kergelen o.ning markaziy qismi muzlik bilan qoplangan (mayd. 500 km2).

Doimiy aholisi yoʻq. Fransiyaning Port-o-Franse geofizika st-yasi 1950-yildan ishlab turibdi. Orol 1772-yilda uni kashf etgan fransuz dengizchi-sayyohi I. Kergelen de Tremarek nomi bilan atalgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy