Kontent qismiga oʻtish

Innovatsion gʻoyalar yetakchisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Innovatsion gʻoyalar etakchisi“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi ko'krak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin
Taqdirlash asosi innovatsion gʻoya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qoʻshgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadilar.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2018-yil 2-oktabr.

„Innovatsion gʻoyalar yetakchisi“ koʻkrak nishoni — innovatsion gʻoya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qoʻshgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolarning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida taʼsis etilgan[1][2][3][4].

  • „Innovatsion gʻoyalar yetakchisi“ koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
  • Koʻkrak nishonining old yuqori qismida uch qatorda balandligi 2 millimetr boʻlgan „INNOVATSION GʻOYALAR YETAKCNISI“ yozuvi joylashgan, „GʻOYALAR“ soʻzining oʻng va chap tomonlarida 1,5 millimetr uzoqlikda diametri 1,8 millimetrli sakkiz qirrali yulduz joylashgan.
  • „YETAKCNISI“ soʻzidan 2,5 millimetr pastda balandligi 11,7 millimetr boʻlgan innovatsiyaning ramziy belgisi — choʻgʻlanma elektr chirogʻi aks ettirilgan. Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida toʻrt qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan „INNOVATSION RIVOJLANISNDA YETAKCNILIGI UCNUN“ soʻzlari yozilgan. Koʻkrak nishonning qalinligi 2,2 millimetr.Uning atrofi diametri 30,5 millimetr boʻlgan naqsh bilan hoshiyalangan.
  • Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
  • Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻtrburchak shaklidagi qadagʻichgacha ulangan.
  • Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetr. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻrtasidan eni 9 millimetrli oq rangli yoʻl, uning ikki chetidan esa eni 1,5 millimetrli qizil rangli ikkita yoʻl oʻtgan.
  • Shoyi lentaning chekka qismlari boʻylab har birining eni 5 millimetr boʻlgan chap tomondagi chekka qismi koʻk rangli va oʻng tomondagi chekka qismi yashil rangli yoʻllar oʻtgan. Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
  1. „Innovatsion gʻoyalar yetakchisi“ koʻkrak nishoni gʻoliblari taqdirdlandi
  2. Oʻzbekistonda yangi koʻkrak nishoni taʼsis etildi
  3. „Innovatsion gʻoyalar yetakchisi“ koʻkrak nishoni gʻoliblari taqdirdlandi (Wayback Machine saytida 2022-05-23 sanasida arxivlangan)
  4. „Innovatsion gʻoyalar yetakchisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimi
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy