Kontent qismiga oʻtish

Huquq subʼyekti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Huquq subʼyekti - qonunga binoan huquqqa ega boʻlish va zimmasiga yuridik majburiyatlar olish layoqatiga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Huquq subʼyekti huquqning barcha sohalarida huquqiy munosabatlarntgg zaruriy belgisi boʻlib, ularning har birida subʼyektlarning mavqei muayyan oʻziga xoslikka ega. Masalan, fuqaroviy huquqiy munosabatlarda fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslar jismoniy shaxs sifatida; tijorat va notijorat tashkilotlari yuridik shaxs sifatida qatnashadilar; fuqaroviy huquqiy munosabatlar subʼyektlarining uchinchi turini davlatning oʻzi, davlat va mahalliy tuzilmalar tashkil etadi. Maʼmuriy huquqiy munosabatlarda asosan davlat organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar va ayrim hollardagina tashkilotlar (yuridik shaxslar) Huquq subʼyekti boʻla oladi. Qonun biror shaxs yoki tuzilmani Huquq suby'ekt sifatida tan olar ekan, uning davlat, davlat tashkilotlari, boshqa shaxslarga nisbatan tutgan oʻrnini tavsiflovchi huquqiy maqomini belgilab beradi.





pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy