Kontent qismiga oʻtish

Hami Mandıralı

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hami Mandıralı
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 20-iyul 1968-yil (1968-07-20) (56 yosh)
Tavallud joyi Arsin, Turkiya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1978—1985 Trabzonspor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985—1998 Trabzonspor 334 (180)
1998—1999 Schalke 04 22 (3)
1999—2002 Trabzonspor 82 (38)
2002 Ankaragücü 8 (1)
Milliy terma jamoa
1984 Turkiya U16 4 (0)
1985—1986 Turkiya U18 17 (0)
1987—1989 Turkiya U21 7 (1)
1987—1988 Turkiya U23 4 (0)
1987—1999 Turkiya 48 (8)
Boshqargan klublari
2008—2010 Turkiya U21
2014 Trabzonspor
2014—2015 Antalyaspor
2016 Trabzonspor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hami Mandirali (1968-yil 20-iyulda tugʻilgan) — turkiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. U deyarli butun faoliyati davomida „Trabzonspor“da oʻynagan[1].

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mandirali Turkiyaning Trabzon shahrida tugʻilgan. 10 yoshida Trabzonsporga qoʻshilgan va 1985-yilda 17 yoshida professional debyutini boshlagan. U tezda oʻz davrining eng kuchli yarim himoyachilaridan biri sifatida oʻzini namoyon qilgan. U Turkiya terma jamoasining doimiy oʻyinchisiga aylangan va har doim toʻpurarlar jadvalida birinchi oʻrinda boʻlgan. Mandirali yevrokuboklarda koʻplab gollar urib, oʻz mavqeyini koʻrsatib kelgan. U Yevrokuboklarda jami hisobda 23 ta gol urgan.

Mandirali, ayniqsa, oʻzining jarima zarbalari bilan mashhur boʻlgan, faoliyati davomida koʻp marotaba jarima zarbasidan gollar urgan[2]. U jarima zarbalarini tepish sanʼatida oʻzining mashhur hamkasblari kabi toʻpni aylantirib tepishga urinmagan. Buning oʻrniga u zambarakdek zarbalar bergan ular jonli devorning ochiq qolib ketgan joylari orqali oʻtib ketgan va darvozabonlar bu holatda xech qanday yordam bera olmagan. Shu tarzda uning uslubi Roberto Karlosga qiyoslanardi.

U juda kuchli zarbaga ega boʻlib, uning zarbasi tezligi 140 km/soat tezlikdan baland boʻlgan. 1997-yilda San-Marino terma jamoasiga qarshi jarima zarbasi va Myunxen 1860ga qarshi maydon markazidan turib bergan zarbasi golga aylangan, keyinchalik bu zarbalarning tezligi ajablanarli darajada kuchli yaʼni 173 km/soatdan ortiqligi aniqlangan. U uzoq masofalardan, hatto 40 metrdan ham koʻp marta gol muallifiga aylangan.

1998-yilda u Germaniyaning „Schalke 04“ klubiga 7 million DM (3,5 million yevro) evaziga qoʻshilgan, ammo u yerda atigi bir yil oʻynagan. U 1999—2000-yilgi mavsumda 2,25 million yevro evaziga „Trabzonspor“ga qaytgan. Qaytgandan soʻng u eng yaxshi zarbalar boʻyicha oʻz oʻrnini tiklagan va har mavsumni doimiy ravishda klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlagan. 2002-yilda uni rais Özkan Sümer jamoadan isteʼfoga chiqargan. Klubdan ketgacj Mandirali Ankaragücüga koʻchib oʻtgan, lekin u yerda uzoq qolmagan. Koʻp oʻtmay u nafaqaga chiqgan. Mandirali hech qachon liga chempionligini qoʻlga kiritmagan.

Xalqaro maydondagi gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Caption text
# Sana Joy Raqib Daqiqa Natija Musobaqa
1 15-iyul 1991-yil Gundadalur Farer orollari 75 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 25-mart 1992-yil Lyuksemburg  Lyuksemburg 15 2-3 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3 25-mart 1992-yil Lyuksemburg  Lyuksemburg 66 2-3 Oʻrtoqlik uchrashuvi
4 8-aprel 1992-yil Anqara  Daniya 33 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
5 26-avgust 1992-yil Trabzon  Bolgariya 68 3-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
6 28-oktyabr 1992-yil Anqara  San-Marino 90 4-1 FIFA 1994 jahon chempionati sralash
7 30-avgust 1995-yil Istanbul  Shimoliy Makedoniya 48 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilning 1-iyulida Mandirali Turkiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga ikki yillik shartnoma boʻyicha murabbiy etib tayinlangan.

  • Jahon reytingi (1888—2008): Turkiya va Germaniyada 499 ta oʻyinda 222 gol bilan 206-oʻrin[3]
  • Turkiya chempionati tarixida urilgan gollar soni boʻyicha uchinchi (219),
  • Yevrokuboklarda urilgan eng koʻp gol (23ta „Trabzonspor“da),
  • Turkiya milliy futbol jamoasi uchun 40 oʻyinda 8 gol.
  • „Trabzonspor“ safida 558 ta oʻyin oʻtkazgan, bu har qanday oʻyinchi orasida eng koʻp hisoblanadi.

Jamoaviy yutuqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Trabzonspor

  • Turkiya kubogi : 1991-92, 1994-95[4][5]
  • Turkiya Superkubogi : 1995[6]
  1. „HAMİ MANDIRALI“. TFF. Qaraldi: 15-yanvar 2010-yil.
  2. „Trabzon'un efsane füzecisi: Hami Mandıralı“ (turkcha). Fanatik (19-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2010-yil.
  3. „Dünyanın en golcü futbolcularında 5 Türk var“ (turkcha). Radikal (22-yanvar 2009-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2010-yil.
  4. „Fortis Türkiye Kupası (Profesyonel Takım) (Final)“. tff.org. Qaraldi: 29-mart 2022-yil.
  5. „Fortis Türkiye Kupası (Profesyonel Takım)(Final)“. tff.org. Qaraldi: 29-mart 2022-yil.
  6. „CumhurBaşkanlığı Kupası (Profesyonel Takım)“. tff.org. Qaraldi: 29-mart 2022-yil.
pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy