Kontent qismiga oʻtish

Gʻarbiy Avstraliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻarbiy Avstraliya - Avstraliya Ittifoqining gʻarbiy qismidagi shtat. Maydoni 2,53 ming km2. Aholisi 1,9 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Pert shahri Yer yuzasining aksari qismi balandligi 400–500 m li choʻlli plato (Gibson, Katta Qumli, Katta Viktoriya choʻllari). Shoʻr koʻl koʻp. Shimolida savannalar bor. Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy qismida togʻ tizmalari va massivlar uchraydi. Eng baland joyi 1226 m (Xamersli togʻi).

Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik, asosan, jun uchun qoʻy boqiladi. Bugʻdoy, arpa, suli ekiladi. Janubi-gʻarbida tokchilik va bogʻdorchilik rivojlangan. Shim.-gʻarbiy qismida, Ord daryosi boʻyida sugʻorib dehqonchilik qilinadi: paxta, sholi, shakarqamish ekiladi. Foydali qazil-malardan oltin, temir rudalarining yirik konlari bor. Nikel, boksit, toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi. Qora va rangli metallurgiya sanoatlari rivojlangan. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Yirik sanoat markazlari: Frimantl, Kuinana, Kalgurli va boshqa




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy