Jump to content

Terpenlar

From Vikipediya

Terpenlar — tabiatda keng tarqalgan toʻyinmagan uglevodorodlar, umumiy formulasi (S5N8)l yaq 2, 3, 4 va boshqalar boʻlishi mumkin. Barcha terpenlar, odatda, izoprenning polimerizatsiyalanishidan xosil boʻlgan mahsulotlar deb qaraladi. Terpenlar molekuladagi izopren boʻgʻimlariga qarab, quyidagi qatorlarga boʻlinadi: xususiy mono terpenlar (pq2) (koʻpincha terpenlar deganda faqat shu birikmalar tushuniladi); seskviterpenlar (yaq3); diterpenlar (yq4) (diterpenlar hosilalariga smola kislotalari mansub); triterpenlar (yaq6) (bunga sterin va gormonlar kiradi); politerpenlar (p bir necha yuzdan oʻnlab minggacha) (tabiiy kauchuk, guttapercha kiradi).

Terpenlarning har bir qatori, oʻz navbatida, quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1) alifatik yoki atsiklik terpenlar — uglerod atomlari ochiq zanjirli birikmalar. Bu guruhning xususiy terpenlari (S|0N|6) 3 ta qoʻsh bogʻlidir (mirsen, otsimen); 2) karbotsiklik terpenlar bu birikmalarda bir yoki bir necha uglerod atomi halqasi boʻladi. Halqalar soniga qarab, terpenlar quyidagilarga boʻlinadi: a) 1 ta olti aʼzoli halqali monotsiklik terpenlar bu guruhning xususiy terpenlari 2 ta qoʻsh bogʻlidir (limonen, terpinenlar, terpinolen); b) 2 halqali bitsiklik terpenlar bu guruh terpenlari (SYUN|6) 1 ta qoʻsh bogʻlidir (pinenlar, kamfen); v) 3 ta uglerod atomi halqasi boʻlgan tritsiklik terpenlar bu guruh terpenlari (S10N|6)da qoʻsh bogʻlar boʻlmaydi; g) diterpenlar, triterpenlar va politerpenlarda 3 tadan ortiq halqa boʻlishi mumkin. Terpenlar hosilalari funksional guruhlari tavsifiga qarab, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, oksidlar, gidroksidlar, peroksidlar, kislotalar va boshqalarga boʻlinadi.

Monoterpenlar zichligi 1000 kg/m3 gacha, qaynash temperaturasi 150—190°, seskviterpenlarniki 230—300°, diterpenlarniki 300°dan yuqori. Terpenlar — xushboʻy; suvda erimaydi, organik eritmalarda yaxshi eriydi.

Terpenlar va uning hosilalari gullar, mevalar, oʻsimlik bargidan olinadigan efir moylarining tarkibiy qismidir. Terpenlar oʻsimliklardan bugʻlatib, quruq haydab, ekstraksiyalab olinadi. Kimyo, atirupa, farmatsevtika, lokboʻyoq, qogʻoz, sovun sanoatida keng qoʻllanadi.




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy