Kontent qismiga oʻtish

Massagetlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 12-iyul, 08:25 dagi Muzaffar Murodovich (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Massagetlar (yun. Massagetai) — Kaspiy dengizining sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida miloddan avvalgi 8— 4-asrlarda yashagan qadimiy eroniy qabilalar guruhining yunon adabiyotlarida uchraydigan umumlashma nomi bo'lib Skiflar madaniyatining bir qismini tashkil qilgan.[1]

Massagetlar haqida fanda har xil fikrar mavjud. Ayrim olimlar fikricha, "Massagetlar" nomi "masyo" — "baliq" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, "baliqxoʻrlar" maʼnosini anglatgan. Boshqa bir fikrga koʻra, "Massagetlar" nomi "maye", "saka" va "ta" soʻzlaridan tarkib topib, "saklarning katta uyushmasi"ni bildirgan. Uchinchi bir taxminga koʻra, "Massagetlar" soʻzi "mazagetlar" — "ulugʻ getlar" degani boʻlib, Massagetlarning oʻzi esa qadimiy xitoy manbalaridagi "da(katta) yuyechjilar" bilan aynan bir xalqdir. Bu fikrga S. P. Tolstoye ham qoʻshilgan, u Sirdaryoning quyi oqimi boʻyidagi arxeologik yodgorliklarni Massagetlarga mansub deb hisoblagan. S. P. Tolstovning fikricha, Massagetlar konfederatsiyasi tarkibiga xorasmiylar, apasiaklar, sakaravaklar, sak-amyurgiylar, derbiklar, toharlar (dahlar), osiylar (yatiylar, asianlar, usunlar, yaksartlar), otasiylar (augasiylar, augallar) kirgan. Gerodotning yozishiga koʻra, Massagetlar — koʻchmanchilar. Ular piyoda va otda jang qiladilar, otlarining koʻkraklariga sovut kiydirganlar. Koʻproq kamon, nayza va sagariy (oy-bolta) kabi jang qurollari ishlatganlar. Massagetlarning barcha jihoz va qurol-aslahalari mis va oltindan yasalgan. Roʻzgʻor buyumlarini esa boʻyoq bilan boʻyaganlar. Massagetlar malikasi Toʻmaris bilan boʻlgan jangda Ahamoniylar davlati asoschisi Kir halok boʻlgan. Strabon maʼlumotiga koʻra, Massagetlar oftobga topinganlar va unga atab otlarni qurbonlik qilganlar. Strabon koʻchmanchilar bilan bir qatorda Orol boʻyidagi botqoqliklar va orolchalarda yashab, terimchilik va baliq ovlash bilan mashgʻul boʻlgan qavmlarni, shuningdek, xorazmiylar va otasiylarni Massagetlarga mansub deb bilgan.

Massagetlar konfederatsiyasi Qadimiy Xorazm davlatining asosiy harbiy kuchini tashkil qilgan. Bu, ayniqsa, Oʻrta Osiyoga Iskandar Maqduniy bostirib kelgan davrda yaqqol namoyon boʻlgan.

  • Tolstoye S. P., Po sledam drevnexorezmiyskoy sivilizatsii, M. — L., 1948.[2]
  1. Grousset, René. The Empire of the Steppes. Rutgers University Press, 1989, ISBN 0-8135-1304-9, p. 547.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




pFad - Phonifier reborn

Pfad - The Proxy pFad of © 2024 Garber Painting. All rights reserved.

Note: This service is not intended for secure transactions such as banking, social media, email, or purchasing. Use at your own risk. We assume no liability whatsoever for broken pages.


Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy