Content-Length: 82959 | pFad | http://uz.wikipedia.org/wiki/Alp_burmalanishi

Alp burmalanishi - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Alp burmalanishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alp burmalanishi — asosan kaynozoydagi tektogenez erasi; geosinklinal vujudga kelib, mezozoy va paleogenda rivojlangan. Alp burmalanishi natijasida geosiiklinallar burmali togʻlarga aylangan. Oʻsha vaqtda Alp burmali togʻlari (Alp burmalanishi nomi shundan) va Alp geosinklinal (burmali) va boshqa tuzilishlar shakllandi. Alp burmalanishi Oʻrta dengiz va Tinch okean mintaqalariga ajratilgan. Oʻrta dengiz mintaqasiga Apennin, Alp, Karpat, Qrim togʻlari, Katta Kavkaz, Pomir, Himolay va boshqa kiradi; Tinch okean mintaqasiga Kordilera, And, Kamchatka, Kuril, Yaponiya, Filippin o.laridagi togʻlar va boshqa kiradi. Alp burmalanishi dagi togʻlar yosh, ular kam yemirilgan, shuning uchun ham yer yuzasidagi eng baland togʻlar hisoblanadi. Alp burmalanishi shuningdek tokembriy, paleozoy va mezozoyda koʻtarilgan togʻlarga ham taʼsir qilgan. Bu mintaqalarda vulkanizm va seysmik harakatlar kuchliligidan Alp burmalanishining ayrim tuzilishlari hali ham rivojlanishda.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil











ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wikipedia.org/wiki/Alp_burmalanishi

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy