Content-Length: 69896 | pFad | http://uz.wikipedia.org/wiki/Mer

Mer - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Mer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mer (frans. maire — katta, boshliq) — AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir necha davlatlar munitsipalitetlarida oliy mansabdor shaxs. Odatda, merni munitsipalitetning oʻzi, baʼzi hollarda — bevosita aholi saylaydi, ayrim mamlakatlarda mer markaziy hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadi yoki tasdiqlanadi. Mer munitsipalitet vakili boʻladi, uning majlislarida raislik qiladi. Mer mahalliy byudjet tayyorlanishi va ijrosi uchun javob beradi, bir qancha munitsipal lavozimlarga odamlarni tayinlaydi, devon ishini yoʻnaltirib turadi. Buyuk Britaniyada va AQShning ayrim shaharlarida mer, asosan vakillik va raislik vazifalarini bajaradi. Rossiya Federatsiyasida M lavozimi 1991-yilda Moskva va boshqa ayrim shaharlarda joriy qilindi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil











ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: http://uz.wikipedia.org/wiki/Mer

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy