Content-Length: 124169 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Plze%C5%88

Plzeň - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Plzeň

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Plzen shahri
Plzen shahri gerbi

Plzeň(chex. Plzeň, ingl. Pilsen) - Chexiyadagi shahar, Bero-unka daryosi boʻyida. Aholisi 171 356 kishi (atrofidagi tumanlar bilan 225 000 ga yaqin). Chexiyaning 4-yirik shahri (Praga, Brno va Ostravadan keyin). Mamlakatning yirik transport yoʻllari tuguni va muhim sanoat markazi. Ogir mashinasozlik rivojlangan. AES uchun jihozlar ishlab chiqarish, elektrotexnika, lokomotiv va vagonsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy galereya bor. Plzenga 1292-yilda asos solingan. 14— 15-asrlarda yirik hunarmandchilik va savdo shahri boʻlgan. 14—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

Plzen o'zining "Shkoda Holding" avtomobilsozlik sanoati va pivosi (Pilsner Urquell, Gambrinus) bilan tanilgan. Shuningdek, koʻp tarixiy bino va inshootlar mavjud.

Tarixiy yodgоrliklаri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Shahar markazidagi gotik uslubda 1292-yilga qurilgan Bartolomney cherkovi. Balandligi 102 metr bo'lib, g'arbiy Chexiyadagi eng baland cherkovdir.
  • 1300-yilda barbo etilgan Frantishkan monastiri
  • Jozef Tyl teatri
  • 1893-yilda qurib bitkazilgan Yahudiy Sinagogasi. Kattaligi bo'yicha dunyoda 3-o'rinda (New York va Budapesht sinagogalaridan keyin) turadi.
  • Uzunligi 17,5 km boʻlgan Plzen tarixiy yer osti yo'llari
  • G'arbiy Chexiya muzeyi

Transport tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda markaziy temir yo'l vokzali bor. Shuningdek, shahar yo'lovchi tashish transport turlaridan avtobus, trolleybus va tramvay mavjud.

Plzenning mashxur shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil












ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Plze%C5%88

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy