Content-Length: 79095 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Mehnat_unumdorligi

Mehnat unumdorligi - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Mehnat unumdorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mehnat unumdorligi - ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi; Mehnat unumdorligi ishlovchining maʼlum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan oʻlchanadi. Mehnat unumdorligi tarmoqlari va korxonalarda mehnat unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi. Yillik mahsulot hajmini oʻrtacha ishlovchilar soniga boʻlish orqali bir ishlovchi hisobiga yaratilgan mahsulot aniqlanadi.

Mehnat unumdorligining oʻsishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda mehnat sarfining kamayishi demakdir. Mehnat unumdorligi yuqori boʻlsa, jami-yat har bir xodim hisobiga koʻproq mahsulot tayyorlash, binobarin, oʻzining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish imkoniyatiga ega boʻladi. Mehnatning asosiy kapital bilan taʼminlanishini yaxshilash, fantexnika taraqqiyoti yutuqlari va yangi texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlarning malakasini va texnik tayyorgarlik darajasini, madaniyatini, maʼlumotini oshirish Mehnat unumdorligi oʻsishining eng muhim omillaridandir.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil











ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Mehnat_unumdorligi

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy