Content-Length: 76029 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Vaskulit

Vaskulit - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Vaskulit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vaskulit (lotincha: vasculum — tomircha) — qon tomirlari devorining yalligʻlanishi. Kelib chiqishiga koʻra birlamchi va ikkilamchi V. farq qilinadi. Ikkilamchi V.ga yuqumli (toshmali terlama, skarlatina, sepsis va b.), sistemali (revmatizm, sistemali kizil yuguruk va b.), shuningdek toksiko-allergik (gripp, angina va hokazo) kasalliklar sabab boʻladi. V.ga asosan isitma (isitma har gal yangi qon tomiri yalligʻlanganda xuruj qilib turadi), qon quyilishi, toshmalar toshishi, kasallangan tomir sohasidagi terining jonsizlanishi xos. Tomirlarda tromblar (trombovaskulit), nevrozlar vaanevrizma paydo boʻlishi mumkin. Davo V.ga sabab boʻlgan asosiy kasallikni bartaraf etishdan iborat.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil










ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Vaskulit

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy