Content-Length: 186883 | pFad | https://uz.wikipedia.org/wiki/Kinshasa

Kinshasa - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Kinshasa

Koordinatalari: 4°19′19″S 15°18′43″E / 4.32194°S 15.31194°E / -4.32194; 15.31194
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kinshasa

fransuzcha: Kinshasa
poytaxt shahar
Kinshasa
Bayroq
Kinshasa
Gerb
4°19′19″S 15°18′43″E / 4.32194°S 15.31194°E / -4.32194; 15.31194
Mamlakat Kongo Demokratik Respublikasi
Provintsiya Kinshasa
Hukumat
 • Gubernator Djentini Mbaka Ngobila[1]
Asos solingan 1881-yil
Avvalgi nomlari Leapoldville
Maydon 9,965 km2 (3,848 kv mi)
Markazi balandligi 240 m
Iqlim turi Ekvotrial
Rasmiy til(lar)i fransuzcha
Aholisi
 (2021)
14 740 000
Zichligi 1162 kishi/km2
Etnoxoronim kinshasalik
Vaqt mintaqasi UTC+1
Telefon kodi +24312
Kinshasa xaritada
Kinshasa
Kinshasa

Kinshasa (1966-yilgacha Leopoldvil) — Kongo Demokratik Respublikasining poytaxti. Shahar Kongo daryosining soʻl sohili boʻylab 15 km ga choʻzilgan. Kinshasa provinsiya huquqiga tenglashtirilgan alohida maʼmuriy birlikdir. Aholisi 14,7 mln. kishi (2021). Iqlimi subekvatorial. Iyulning oʻrtacha harorati 22° ni, aprelniki esa 27° ni tashkil qiladi. Yillik yogʻin miqdori 1359 mm ga teng[2].

Shahar 1881-yildan qurila boshlagan va Belgiya qiroli Leopold II nomiga qoʻyilgan. Shahar 1926—1960-yillarda Belgiya mustamlakasining maʼmuriy markazi boʻlgan. 1960-yildan Kongo Respublikasi (1964-yildan Kongo Demokratik Respublikasi), 1971—1997 yillar Zair Respublikasi poytaxti boʻlgan[2].

Kinshasa mamlakatning asosiy savdo, transport, sanoat, moliya va madaniyat markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat tashqi savdosining koʻp qismi K. orqali oʻtadi. K. portida yillik yuk ortib-tushirish 2 mln. t atrofida. Kinshasa orqali Kongo daryosi quyi qismidagi Matadi dengiz porti bilan bogʻlangan. K.dan Brazzavil shahriga parom qatnaydi[2].

Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn poyabzal, kimyo, mashinasozlik, yogʻochsozlik, kemasozlik sanoati, kema remonti, elektr priborlari ishlab chiqarish, qurilish materiallari korxonalari, oyna va shisha idishlar zavodi bor. Maluku rayonida yirik metallurgiya kompleksi qurilgan[2].

Milliy universitet, institutlar, Nafis sanʼat milliy akademiyasi, Geogr. ilmiy tadqiqot instituti, Geol. xizmati ilmiy muassasasi, Tropik tibbiyot instituti (1899), Afrika sanʼati muzeyi, hayvonot bogʻi va boshqa bor.[2]

  1. „Kinshasa : la lutte contre l’insécurité et l’insalubrité, priorités de Gentiny Ngobila“ (fr). 2019-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-17-02.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil












ApplySandwichStrip

pFad - (p)hone/(F)rame/(a)nonymizer/(d)eclutterfier!      Saves Data!


--- a PPN by Garber Painting Akron. With Image Size Reduction included!

Fetched URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Kinshasa

Alternative Proxies:

Alternative Proxy

pFad Proxy

pFad v3 Proxy

pFad v4 Proxy